Sport | 15:40 / 01.08.2024
12625
2 daqiqa o‘qiladi

Muzaffarbek To‘raboyev yarimfinalga chiqdi

U medal yo‘lidagi dastlabki raqiblarini ippon baholari bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Foto: Anvar Ilyasov / Milliy olimpiya qo‘mitasi

–100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Olimpiada medali uchun kurashni davom ettirmoqda.

U Olimpiadadagi debyutini qozog‘istonlik Nurlixan Sharxanga qarshi o‘tkazib, uni qisqa fursat ichida ippon bahosi bilan mag‘lub etdi.

Chorakfinalda esa niderlandiyalik Mixail Korreldan ham ippon bahosi bilan ustun keldi.

Endi u bir necha soatdan keyin final yo‘llanmasi uchun ozarboyjonlik Zelim Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqadi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli To‘raboyev jahon chempioni (2022), Osiyo o‘yinlari g‘olibi (2023) va Osiyo chempioni (2024) hisoblanadi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida –78 kg vazn toifasida Irisxon Qurbonboyeva 1/8 finalda yaponiyalik Rika Takayamaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. 

Shu tariqa, o‘zbekistonlik dzyudochi qizlar yakkalik bahslardagi ishtiroklarini yakunlashdi va faqat Diyora Keldiyorova medal (oltin) qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid