Jahon | 23:27 / 19.08.2024
3317
3 daqiqa o‘qiladi

Chikagoda AQSh Demokratik partiyasining milliy qurultoyi boshlandi

Demokratik partiya vakillari noyabr oyidagi saylovlarda o‘z istiqbollariga optimistik qaramoqda.

Foto: Getty Images

19 avgust kuni Chikagoda Demokratik partiyaning Milliy qurultoyi boshlandi, uning asosiy voqeasi Kamala Harrisning AQSh prezidentligiga rasman nomzod sifatida tasdiqlanishi bo‘ladi.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, demokratlar g‘ayratga to‘la: ularning nomzodi nafaqat respublikachi Donald Tramp bilan tafovutni yo‘qqa chiqardi, balki milliy so‘rovlarda va bir qator muhim shtatlarda undan oldinga o‘tib oldi. Respublikachilar Trampni ogohlantirmoqda va raqibiga qarshi shaxsiy hujumlarga emas, demokratlar ma’muriyati davrida og‘irlashgan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

Demokratlar qurultoyi 4 kun davom etadi. Unga 50 mingga yaqin mehmon, jumladan, 4 mingga yaqin delegat tashrif buyurishi kutilmoqda.

Birinchi kunning asosiy voqeasi mos ravishda prezident va vitse-prezident lavozimlariga Kamala Harris va Tim Uolz nomzodlari bo‘yicha ovoz berish jarayonidir. Bunda hech qanday intriga yo‘q: ikki siyosatchi 6 avgust kuni saylovchilarning virtual chaqiruvi doirasida nomzodlikni kafolatlashdi.

Demokratik qurultoydan oldin Harris va uning hamkori tomonidan juda faol tashviqot ishlari olib borildi. Ular yaqinda Pensilvaniyaga tashrif buyurishdi, u bir qancha boshqa «ikkilanuvchi shtatlar» qatori saylov natijalarini hal qilishi mumkin. U yerlarda ham demokratlar uchun hammasi yaxshi ketmoqda. Oxirgi saylovda Donald Tramp bu shtatda amaldagi demokrat prezident Jo Baydenni juda qisqa farq bilan ortda qoldirdi (garchi yakunda yutqazgan bo‘lsa ham). Ammo hozir, ustunlik Harris tomonida.

Agar bir necha hafta oldin respublikachilar Demokratik partiyaning «asal oyi» tez orada tugashini kutgan bo‘lsalar, muvozanat har qanday holatda ham Donald Tramp tomoniga og‘ishiga ishongan bo‘lsalar, endi ular o‘z nomzodidan «yeng shimarib» harakat qilishni talab etmoqda. Sobiq prezidentning ko‘plab partiyadoshlari Harrisning «intellektual qobiliyatini» tanqid qilish yoki uning irqiy o‘ziga xosligi haqida bahslashish o‘rniga, iqtisod va siyosat masalalarini muhokama qilishi kerak, deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid