O‘zbekiston | 10:17 / 27.08.2024
3756
2 daqiqa o‘qiladi

Paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga mablag‘ berish shartlari o‘zgardi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prezidenti va hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Kun.uz

Paxta hosilini sotib olish va sotishning yangi tizimi shaffof, to‘laqonli va adolatli ishlashini ta’minlash, paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish bo‘yicha Respublika shtabining taklifiga ko‘ra:

Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kredit resurslari hisobidan paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga fyuchers shartnomalari bo‘yicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib olish uchun kreditlar ajratiladi;
Kredit miqdori paxta xomashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi – 2 foiz) 10 oy muddatga, shu jumladan uch oylik imtiyozli davr bilan, keyingi 7 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan beriladi.

Paxta xomashyosi yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning  yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Mavzuga oid