Polsha gibrid urush holati haqida ma’lum qildi
Polsha «gibrid urush» holatida, dedi mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Tsezariy Tomchik. U Belarus bilan chegaradagi vaziyatga va Polshada paydo bo‘layotgan xorijiy havo obektlariga e’tibor qaratdi.
Polsha «gibrid urush» holatida, dedi mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Tsezariy Tomchik 26 avgust, dushanba kuni Olshtindagi «Kelajak Polshasi» kampusida so‘zlagan nutqida.
«Polshada biz duch kelayotgan narsa - de-fakto gibrid urush va biz to‘g‘ridan to‘g‘ri aytishimiz mumkinki, Polsha bugungi kunda urush holatida, ammo gibrid urushda», - deya Tomchik so‘zlarini keltiradi PAP agentligi. Shu nuqtayi nazardan, u Belarus bilan chegaradagi keskin vaziyatga va o‘tgan hafta Polshada qulagani xabar qilingan «kirill yozuvi bo‘lgan» bir nechta meteozondlariga ishora qildi.
Mudofaa vaziri o‘rinbosari ritorik tarzda Rossiyani Polshadagi ob-havo haqiqatan qiziqtiradimi, deb so‘radi. U bor-yo‘g‘i bir necha yuz dollar turadigan har bir bunday qurilmadan jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish, «fuqarolar o‘z davlatiga ishonmasliklari uchun jamiyatda munozara va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarish uchun» juda oddiy usulda foydalanish mumkinligini ta’kidladi. «Rossiya tashviqotining muhim qismi aynan shunga qaratilgan», deb ta’kidladi Tomchik.
Shuningdek, u Polshada har yili besh mingga yaqin hakerlik hujumlari qayd etilishini, 2,5 ming harbiy xizmatchi kecha-yu kunduz ular bilan kurashishini ta’kidladi.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli Polsha harbiy aviatsiyasini havoga ko‘tardi
26 avgust kuni ertalab Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududiga bergan yirik havo hujumi fonida Polsha va ittifoqchilarning jangovar samolyotlari havoga ko‘tarildi. Ukraina qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi mamlakatning 15 ta hududiga 236 ta raketa va uchuvchisiz uchoqlar uchirilganini, ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi. Bir qancha energetika infratuzilmasi obektlari shikastlangan, Ukraina Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lgan va 47 kishi yaralangan.
Shu bilan birga, uchuvchi apparat Polsha havo hududiga kirib keldi, u keyinchalik Polsha hududiga qulagan bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Varshava. Bu Lyublin voyevodligining Xrubeshuv shahri hududida sodir bo‘ldi. Hozirda qulagan dron qidirilmoqda.
Mavzuga oid
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
22:34 / 18.12.2024
Polshada rossiyalik hokkeychi josuslikda ayblanib, 3 yil muddatga qamaldi
20:32 / 16.12.2024
“Yo deport bo‘lasan, yo armiyaga qo‘shilasan deyishdi” – Moskvaga o‘qishga borib, urushda qatnashgan talabaga hukm o‘qildi
12:55 / 13.12.2024