Jamiyat | 18:04 / 02.09.2024
2111
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijda qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu bolalarning ota-onasi va o‘z yaqinlari qaramog‘iga topshirilishini ta’kidlamoqda.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik 14 nafar bola vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, bolalar Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mas’ul xodimlarining xizmat safarlari doirasida Toshkentga keltirilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu bolalarning ota-onasi va o‘z yaqinlari qaramog‘iga topshirilishini ta’kidlamoqda. Ularga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Xorijda qarovsiz qolgan bolalar muntazam ravishda O‘zbekistonga qaytarilmoqda. 15 avgust kuni 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilib, ularning 6 nafari ota-onasining qaramog‘iga topshirilgan edi.

Mavzuga oid