Turkiyaga ketib, bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik yigit qidirilmoqda
1999 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Doston Norsaidov 2022 yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan.
Turkiyaga chiqib ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 2022 yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan, 1999 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Norsaidov Doston O‘ktam o‘g‘li qidirilmoqda.
U to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (0212) 323-20-37 telefon raqami yoki uzbekconsul@yahoo.com orqali xabar berish so‘raldi.
Mavzuga oid
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi
18:23 / 09.12.2024