Jamiyat | 15:11 / 03.10.2024
22021
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda uyida kobra boqib kelgan shaxs ilonlarni ochiqqa qo‘yib yubordi

Tumanning Tuyabo‘g‘iz mahallasida yashovchi 44 yoshli fuqaro o‘z xonadonida tegishli ruxsatnomasiz 30 dan ortiq kobra ilonlarini saqlab kelgan. 2 oktyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra ilonlar ochiqqa qo‘yib yuborilgan. Mahalliy aholi 2 ta ilonni tutib o‘ldirgan. Hozirda hududda maxsus ishchi guruh ish olib bormoqda.

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘z uyida kobra saqlab kelgan shaxs ilonlarni ochiqqa qo‘yib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning Tuyabo‘g‘iz mahallasi hududida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Yu. o‘zi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq kobra ilonlarini tegishli ruxsatnomasiz saqlab kelgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, fuqaro N.Yu.xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qo‘yib yuborilgan. Bu holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib, 2 ta kobra tutib o‘ldirilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB, FVB, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, obodonlashtirish, ekologiya bo‘limlari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Hozirda ishchi guruh tomonidan yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat bo‘yicha IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid