Jahon | 13:50 / 12.10.2024
1083
2 daqiqa o‘qiladi

YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi

YeI komissari Yuxanssonning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya Shengen hududi chegaralarida ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish tizimini joriy etishga tayyor emas. Tizim 10 noyabrdan kuchga kirishi kerak edi.

Foto: Jennifer Jacquemart/EU

Yevropa Ittifoqi Shengen mamlakatlari chegaralarida uchinchi davlat fuqarolarini ro‘yxatga olish uchun avtomatlashtirilgan chegara tizimini noyabr oyida ishga tushirishni rejalashtirilgan. Germaniya, Fransiya va Niderlandiya kirish va chiqish tizimini (EES) joriy etishga tayyor emas, dedi Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yuxansson 10 oktyabr, payshanba kuni kechqurun Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqining ichki ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha.

Bundan tashqari, tizimni avval rejalashtirilganidek, 10 noyabrda ishga tushirish mumkin emas, chunki bu jarayon uchun mas’ul eu-Lisa idorasi bunga tayyor emas. Yangi sana hali belgilanmagan, deya qo‘shimcha qildi shvetsiyalik yevrokomissar va bu imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid bildirdi.

Yuxanssonning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya yangi tizimga bosqichma-bosqich o‘tishni qo‘llab-quvvatlaydi, bunda u dastlab faqat tanlangan chegara o‘tish joylarida joriy etiladi. Tizimni joriy etish qarori 2017 yilda qabul qilingan.

Germaniya chegaralarida umumiy tanlangan nazorat joriy etilyapti

Germaniya 16 sentabrda kengaytirilgan chegara nazoratini boshlashi oldidan ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ushbu chorani himoya qilib chiqdi va bu chegaralarda uzoq tirbandliklarga olib kelmasligiga va’da berdi. «Biz tartibsiz migratsiyaga chek qo‘yishimiz, kontrabandachilarni to‘xtatishimiz, jinoyatchilarning qo‘lini bog‘lashimiz, radikallarni aniqlashimiz va to‘xtatishimiz kerak», dedi u 15 sentabr kuni chop etilgan haftalik Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.

Polsha va Gretsiyaning keskin tanqidlari ostida Fezer shunday ta’kidladi: «Biz Yevropaga zarar yetkazadigan choralarni ko‘rmayapmiz, biz qo‘shnilarimiz bilan yaqin hamkorlikda harakat qilyapmiz, chunki tanlangan nazorat tufayli uzoq tirbandliklar bo‘lmaydi. Hozirgi vaziyat buni talab qilmoqda. Biz aqlli nazoratni joriy qilmoqdamiz».

Mavzuga oid