Shols YeIdan Ukrainaga yordamni oshirishni so‘raydi
Kiyevning harbiy ehtiyojlarni qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqidagi so‘rovi 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida ko‘rib chiqiladi, deb yozadi Reuters.
Germaniya kansleri Olaf Shols 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Yevroittifoq sammitida Yevropa Ittifoqi hamkorlaridan Ukrainaga harbiy yordamni oshirishni so‘raydi. Bu haqda 15 oktyabr, seshanba kuni Berlindagi hukumat vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya kansleri «yanada qanday qo‘llab-quvvatlash mumkinligini ko‘rib chiqish uchun albatta yana murojaat bilan chiqadi».
Ukraina Yevropa Ittifoqining 35 milliard yevro miqdoridagi kreditiga umid qilishi, xususan, undan qurol sotib olishda foydalanishi mumkin, deya eslatadi Reuters. Yevroparlament 22 oktyabrda uni yakuniy ma’qullashi kerak. Biroq, agar Qo‘shma Shtatlar moliyaviy yordamini e’lon qilsa, bu miqdor kamayishi mumkin.
Borrel Ukraina uchun 6,5 mlrd yevro ajratilishiga umid qilmoqda
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel noyabr oyigacha ittifoqqa a’zo davlatlar uning Kiyevga Yevropa tinchlik jamg‘armasidan harbiy maqsadlar uchun olti milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratish haqidagi taklifini ma’qullab, Vengriyaning vetosini bekor etishiga umid qilmoqda.
«Biz Yevropa tinchlik jamg‘armasi va Ukrainaga yordam jamg‘armasi mablag‘larini blokdan chiqarishga imkon beradigan konsensusni topishimiz kerak, men hozir 100 foiz kafolat bera olmayman, ammo o‘ylaymanki, barcha mamlakatlar bu kelishuvga erishadilar», dedi Borrell 14 oktyabr kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
14:32 / 20.12.2024
Yevroittifoq Kiyevga qo‘shimcha 30 mlrd yevro ajratmoqchi
09:55 / 20.12.2024
Shols va Tramp telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
22:59 / 19.12.2024