AQSh partiyalari saylov kampaniyasiga qancha pul sarflagani hisoblab chiqildi
Raqamlar juda katta, xarajatlarning ko‘p qismi reklama, shuningdek, «mablag‘ yig‘ishga urinishlar va uyma-uy yurib, targ‘ibot qilish» bilan bog‘liq.
AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris va sobiq prezident, respublikachi nomzod Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida qariyb 14,7 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Bloomberg agentligi AQSh Federal saylov komissiyasiga tayanib xabar berdi.
2024 yilgi saylov kampaniyasidagi bunday mablag‘lar nomzodlar, partiyalar va turli siyosiy harakatlar qo‘mitalari tomonidan sarflangan. Ularning soni 11 mingdan oshadi.
Bloomberg ta’kidlaganidek, xarajatlarning katta qismi reklama, shuningdek, «mablag‘ yig‘ishga urinishlar va uyma-uy yurib, targ‘ibot qilish» bilan bog‘liq. Shu bilan birga, bu sohada eng katta sa’y-harakatlar «ikkilanuvchi shtatlarda» qilingan bo‘lib, ekspertlarning fikriga ko‘ra, prezidentlik saylovi natijalarini aynan shular belgilab beradi.
Ta’kidlanishicha, «ikkilanuvchi shtatlar» bo‘lmish Arizona, Jorjiya, Michigan, Nevada, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Viskonsinda reklama kampaniyalari kuniga 24 soat ishlamoqda. Targ‘ibot plakatlari derazalarga, yo‘llar bo‘ylab osilmoqda, efirni to‘ldirgan televizion reklamalardan tashqari, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda raqamli reklamalar ham ko‘paygan.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024