Zelenskiy: Kursk oblastiga KXDRning 11 ming harbiysi yetib kelgan
Ukraina rahbari Kiyev hamkorlari Shimoliy Koreya askarlarining Rossiya tomonidagi urushda qatnashish uchun Rossiya chegarasi hududida to‘planishiga munosabat bildirmaganidan norozi.
11 ming shimoliy koreyalik harbiy xizmatchi Rossiya Federatsiyasi tomonida Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaning Kursk oblastiga yetib keldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4 noyabr, dushanba kuni kechki videomurojaatida mamlakat Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi razvedka xizmati xabarlariga tayanib ma’lum qildi. «Shimoliy koreyaliklar soni ortganini ko‘ryapmiz, ammo sheriklarimiz munosabati oshganini ko‘rmayapmiz», — deya shikoyat qildi Ukraina rahbari.
Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Ukraina bilan chegaradosh Rossiya hududidagi Shimoliy Koreya kuchlari soniga o‘z bahosini berdi. Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk oblastida KXDRning 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisi bor, dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller. 31 oktyabrda Vashington sakkiz ming kishi haqida gapirgan edi.
RF va KXDR TIV rahbarlari Moskvada «strategik maslahatlashuvlar» o‘tkazadi
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choy Song Xi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan strategik maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.
«Iyun oyida Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Koreya sammitida erishilgan kelishuvga muvofiq, KXDR tashqi ishlar vaziri Choy Song Xi rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi. U Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan strategik maslahatlashuvlar o‘tkazadi», — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif tafsilotlari va sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
07:55 / 20.12.2024
Zelenskiy Putinning «Oreshnik» bilan «duel» haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
13:55 / 18.12.2024