O‘zbekiston | 17:37 / 12.11.2024
3530
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

Respublikada standart tarif bo‘yicha 1 kilometr yo‘lning o‘rtacha narxi 0,3 dollar yoki taxminan 3900 so‘mni tashkil qilishi aniqlangan.

Foto: Kun.uz

Numbeo tahliliy portali dunyoning 97 ta davlatidagi taksi xizmati narxlarini tahlil qilib, mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi.

O‘zbekiston reytingda taksi xizmati eng arzon mamlakatlar qatoriga kirdi. Respublikada standart tarif bo‘yicha 1 kilometr yo‘lning o‘rtacha narxi 0,3 dollar yoki taxminan 3900 so‘mni tashkil qiladi.

Taksi xizmatining eng arzon narxi Filippinda qayd etilgan – $0,26. Shuningdek, Ukraina ($0,29) va O‘zbekiston bilan bir qatorda Hindiston ($0,3), Misr ($0,3) va Eronda ($0,3) ham narxlar arzonligi aniqlangan.

Qozog‘istonda standart tarif bo‘yicha 1 kilometr yo‘lning o‘rtacha narxi 0,63 dollarga teng. Bu Rossiya ($0,31), Belarus ($0,3) va Armanistondan ($0,33) deyarli ikki baravar qimmat. Reytingda Qirg‘iziston bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Taksi narxi eng qimmat bo‘lgan beshta davlat: Bahrayn ($5,01), Shveytsariya ($4,45), Lyuksemburg ($3,64), Albaniya ($3,27) va Kuvayt ($3,25).

Mavzuga oid