O‘zbekiston | 08:10 / 23.11.2024
2980
1 daqiqa o‘qiladi

3,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Fermer xo‘jaligi mas’ullari 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulagan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida shartnomasiz tarmoqqa ulangan fermer xo‘jaligi  3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, “J.D.S.Y.” fermer xo‘jaligi mas’ullari 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulagan.

Qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid