O‘zbekiston | 12:04 / 05.12.2024
887
2 daqiqa o‘qiladi

"O‘zkomnazorat" ijro hokimiyati organlari Call-markazlari ishini baholaydi

Vazirlar Mahkamasining "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi tartiblar nazarda tutilgan:

"O‘zkomnazorat" inspeksiyasi tomonidan "Raqamli nazorat" kompleks axborot tizimi orqali aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash;
respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlari reyestrini yuritish.

Nizomga ko‘ra, aloqa markazi – jismoniy va yuridik shaxslarning telefon murojaatlarini qabul qilish va ularga munosabat bildirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi va buning uchun zarur tashkiliy, texnik va boshqa resurslarga (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik markazlari) ega bo‘lgan tashkilot yoki bo‘linmadir.

Aloqa markazlari quyidagicha baholanadi:

  • 71 balldan 100 ballgacha – "a’lo" baho ("yashil" toifa);
  • 55 balldan 70 ballgacha – "yaxshi" baho ("sariq" toifa);
  • 54 ballgacha – "qoniqarsiz" baho  (qizil toifa

Mavzuga oid