World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi
Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi O‘zbekistonning musobaqalardagi natijalarini shubhalardan xoli deb topdi.
Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi (World Athletics) musobaqalar natijalarini ehtimoliy manipulyatsiyasini aniqlash maqsadida tuzilgan kuzatuv ro‘yxatidan sakkizta davlatni, jumladan O‘zbekistonni ham olib tashladi. Bu haqda tashkilotga tayanib «RIA Sport» xabar berdi.
World Athletics 2022 yil sentabr oyida Yengil atletikadagi salbiy holatlarga qarshi kurash (AIU) tashkiloti tomonidan Tokio Olimpiadasi saralashi davridagi shubhali natijalar haqida 17 ta hisobot bo‘yicha tekshiruv boshlab, kuzatuv ro‘yxati shakllantirilganini e’lon qilgan edi.
«2024 yil uchun yillik hisobot hamda hakamlar standartlari va jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan yutuqlardan so‘ng, tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarga rioya qilgan holda quyidagi federatsiyalar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi: Albaniya, Armaniston, Gurjiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Turkiya va O‘zbekiston», deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda World Athletics kengashi saralash ballari bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar muammosini hal qilish uchun Musobaqalar manipulyatsiyasi kuzatuv ro‘yxatini tuzgan edi. Keyin AIU shubhali Olimpiya saralash standartlarini tekshirish uchun 17 ta individual yo‘llanma oldi va musobaqalarni manipulyatsiya qilish deb ataladigan kuzatuv ro‘yxatini ishga tushirdi.
World Athletics kuzatuv ro‘yxatiga kiritilgan federatsiyalar tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda erishilgan natijalarni tan olmasligini ma’lum qildi, tanlangan rasmiy tadbirlar bundan mustasno. Bularga rasmiy xalqaro yoki mintaqaviy chempionatlar kiradi.
Mavzuga oid
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
17:16 / 17.12.2024
Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiya tufayli iste’foga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
15:17 / 17.12.2024
Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash joriy etilmagani islohotlar samaradorligiga ta’sir qilyapti - Antikorrupsiya agentligi
16:14 / 16.12.2024