OSINT-tahlilchilar RF kemalari Tartusdan jo‘nab ketganini xabar qildi
«Rossiya Qora dengiz flotining »Admiral Grigorovich« fregati va Rossiya Shimoliy flotining »Injyener Trubin« yuk kemasi Tartusdan O‘rta Yer dengiziga jo‘nab ketdi», - deya da’vo qilmoqda Ukraina razvedkasi.
Ukraina Mudofaa vazirligi 8 dekabr, yakshanba kuni Rossiya harbiy kemalarini Suriyadagi Tartus portidan olib chiqib ketayotgani to‘g‘risida xabar berdi. Ba’zi OSINT-kuzatuvchilar ham shunga o‘xshash xulosalarga moyil. Al Jazeera telekanali suriyalik isyonchilar O‘rta Yer dengizi sohilidagi Tartus shahriga kirib kelgani haqida xabar berdi.
«2024 yil 8 dekabr kuni Rossiya Qora dengiz flotining «Admiral Grigorovich» fregati va Rossiya Federatsiyasi Shimoliy flotining «Injyener Trubin» yuk kemasi Tartusdan O‘rta Yer dengiziga jo‘nab ketdi», — deyiladi Bosh razvedka boshqarmasi xabarida Shuningdek, rossiyaliklar Suriyadan qurol-yarog‘ va harbiy texnikani Xmemimdagi aviabazadan harbiy bortlarga o‘tkazgani aytildi.
Avvalroq, 6 dekabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida MT Anderson taxallusi ostida chiqish qiluvchi OSINT-tahlilchi sun’iy yo‘ldosh tasvirini e’lon qildi, unga ko‘ra, o‘sha kuni Tartus portida Rossiyaning to‘rtta kemasi: «Admiral Golovko» fregati, «Admiral Grigorovich» qo‘riqlash kemasi, «Vyazma» yordamchi kemasi va «Novorossiysk» suvosti kemasi bo‘lgan.
O‘shanda tahlilchi 30 noyabr kuni Tartusda bo‘lgan «Admiral Gorshkov» fregati va «Yelnya» yordamchi kemasi portni tark etib, «uy»ga (Rossiyaga) yo‘l olganini taxmin qildi.
3 dekabr kuni Navalnews internet nashri «RF Rossiya harbiy-dengiz floti kemalarini Suriyadan evakuatsiya qilayotganining birinchi alomatlari borligini» yozdi. Xususan, nashrning ta’kidlashicha, «Yelnya» yordamchi kemasi 2024 yil 2 dekabr kuni ertalab Tartusdan jo‘nab ketgan.
Rossiyaning Tartusdagi bazasi haqida
«Suriyaning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi Rossiya uchun strategik obekt hisoblanadi, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bu yerda 1971 yildan beri harbiy-dengiz bazasini saqlab kelmoqda, biroq Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin undan foydalanish to‘xtatildi, — deyiladi Navalnews maqolasida. — 2012 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin undan foydalanish yana kuchaydi va u Rossiyaning asosiy xorijiy harbiy-dengiz bazasiga aylandi. Rossiya 2022 yildagi hujum arafasida NATOning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishiga qarshi turish va oldini olish maqsadida Tartusdagi harbiy ishtirokini kuchaytirdi».
BBC media-kompaniyasi eslatganidek, Ukrainada urush boshlanganidan keyin Turkiya «bo‘g‘ozlarni harbiy kemalar uchun yopdi» va shuning uchun Rossiya floti Qora dengizga kema jo‘natish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Ushbu fonda Tartusdagi obekt qiymati yanada oshdi.
Mavzuga oid
15:55
The Insider: RF oligarxlari sanksiyalar ostida ham YeIda pul ishlashyapti
15:20
Abxaziya «ma’muriyati»: RF elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi
12:19
Ukraina ombudsmani: RF askarlari harbiy asirlarni otib tashladi
14:20 / 20.12.2024