Bundesbank Germaniya iqtisodiyoti uchun o‘sish prognozini pasaytirdi
Germaniya Markaziy banki ekspertlari iqtisodiy muammolarni energiya narxining oshishi, uglerodsiz iqtisodiyotga o‘tish, demografik o‘zgarishlar, ko‘plab mamlakatlardagi proteksionizm va xalqaro raqobat bilan bog‘ladi.
Germaniya Federal banki yaqin yillardagi GFR yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini pasaytirdi. Bundan 13 dekabr, juma kuni chop etilgan Bundesbank hisoboti dalolat bermoqda.
Iyun oyida Germaniyaning asosiy emitent banki 2024 yilda 0,3 foiz, 2025 yilda 1,1 foiz va 2026 yilda 1,4 foiz real YaIM o‘sishini prognoz qilgan edi. Endi bu ko‘rsatkichlar o‘zgartirildi: 2024 yilda 0,2 foizga pasayish, 2025 yilda 0,2 foizga va 2026 yilda +0,8 foizga o‘sish. Shuningdek, 2027 yil uchun prognoz ham qo‘shilgan: o‘sish 0,7 foiz.
Germaniya iqtisodiyotida turg‘unlik sabablari
«Germaniya iqtisodiyoti nafaqat doimiy iqtisodiy qiyinchiliklar, balki tarkibiy muammolar bilan ham kurashmoqda», dedi Bundesbank rahbari Yoaxim Nagel.
Bank ekspertlari Germaniya iqtisodiyoti muammolarini energiya narxining oshishi, uglerodsiz iqtisodiyotga o‘tish, demografik o‘zgarishlar, ko‘plab mamlakatlardagi proteksionistik siyosat va xalqaro raqobat bilan bog‘laydi.
«Xususan, Xitoy nemis sanoati uchun ayniqsa muhim bo‘lgan avtomobilsozlik, kimyo va mashinasozlik kabi tarmoqlarda kuchaydi va bozordagi ulushini sezilarli darajada oshirdi», deb yozadi Bundesbank ekspertlari.
Mavzuga oid
11:54 / 17.12.2024
Germaniyada mpox virusining xavfli shtammi bilan kasallanganlar aniqlandi
21:27 / 16.12.2024
Bundestag Olaf Sholsning so‘roviga binoan uning hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:00 / 13.12.2024