Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
Parijdagi Eyfel minorasida yuz bergan yong‘in oqibatida 1,2 mingga yaqin tashrif buyuruvchi evakuatsiya qilindi.
Parijdagi Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda BFMTV. 1,2 mingga yaqin tashrif buyuruvchi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Eyfel minorasini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in liftning ikkinchi va uchinchi qavatlar o‘rtasidagi elektr uzatish tarmog‘ida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv sabab yuzaga kelgan. Ko‘ngilsiz hodisa sabablari hozirda aniqlanmoqda.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 10:30 larda boshlangani aytilmoqda. Hodisa joyiga darhol o‘t o‘chiruvchilar xizmati yetib kelgan. Tashrif buyuruvchilardan hech kimga jarohat yetmagan.
Minora bugun, 24 dekabr kunining o‘zida mehmonlar uchun qayta ochilgan, faqat ikkinchi qavatga chiqishga cheklov qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 15 aprel kuni Fransiya poytaxtining asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan gotika uslubidagi Notr-Dam soborida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. Sobor gumbazli shiftining qismlari vayron bo‘lgan, XIX asrga tegishli shpil qulab tushgan va ichki qismi katta zarar ko‘rgan. Yong‘in sodir bo‘lgan kechadayoq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Notr-Damning besh yil ichida qayta tiklanishiga va «har doimgidan ham go‘zal» bo‘lishiga va’da bergan edi. Joriy yilning dekabr boshlarida restavratsiya qilingan Notr-Dam soborining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024