Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
O‘zbekistonning beshta hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 16,4 kg narkotik moddalar musodara qilindi.
Samarqand tumani hududida harakatlanayotgan Nexia avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Paxtachi tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan E.M.ga tegishli 7 kg 230 gr “gashish” va 1 kg 289 gr “metamfetamin” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular afg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.
Urgut tumanida muqaddam sudlangan fuqarolar, 1986 yilda tug‘ilgan F.X. va 1999 yilda tug‘ilgan Sh.A.lar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 921 gr “opiy” moddasini xaridorga 12 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.
Namangan shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Sh.Y. va A.Y. hamda 1994 yilda tug‘ilgan Sh.Q.lar muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan Chust tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 3 kg 50 gr “gashish” moddasini olgan vaqtda ushlandi.
Boshqa holatda esa Namangan–Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi Norin tumani hududida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Asaka tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan F.X.ga tegishli 1 kg 911 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida giyohvand moddalar muqaddam Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan B.B. Tojikistondan olib kelingan 2 kg 16 gr “opiy” moddasini 10 ming dollarga sotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 (kontrabanda) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024