O‘zbekiston | 12:17 / 28.12.2024
48012
4 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 30-31 dekabr va 1 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 31 dekabr–1 yanvar kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 30 dekabrda 0...–5, 31 dekabr–1 yanvar kunlarida –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 31 dekabr–1 yanvar kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 30 dekabrda 0...+5, 31 dekabr–1 yanvar kunlarida –2...+3, kunduzi 30–31 dekabrda +5...+10, 1 yanvarda +3...+8; Navoiy viloyati shimolida kechasi 30 dekabrda 0...–5, 31 dekabr–1 yanvar kunlarida –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi,. 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 dekabrda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12; 31 dekabrda kechasi 0...+5, ba’zi joylarda –2, kunduzi +5...+10, 1 yanvarda kechasi –2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabr–1 yanvar kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 dekabrda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12; 31 dekabrda kechasi 0...+5, ba’zi joylarda –2, kunduzi +5...+10, 1 yanvarda kechasi –2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabr–1 yanvar kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 30–31 dekabrda +10...+15, 1 yanvarda +7...+12 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 30 dekabrda 0...+5, kunduzi +6...+11; 31 dekabr–1 yanvar kunlarida kechasi –2...+3, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 30–31 dekabrda kechasi 0...–5, kunduzi +2...+7, 1 yanvarda kechasi –3...–8, kunduzi –2...+3 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid