Fan-texnika | 22:20 / 29.09.2016
8659
2 daqiqa o‘qiladi

Parijda BMW X2 krossoverining prototipi namoyish qilindi

BMW kompaniyasi X2 deb nomlanuvchi yangi ixcham krossoverining prototipini Parij avtosaloni doirasida taqdim qildi.

BMW’da kontsept-kar haqida hech qanday texnik tafsilotlar keltirilmadi. Autocar nashrining ma'lum qilishicha, mashinaning uzunligi 4439 mm, eni 1821 mm, balandligi 1598 mm ni tashkil qiladi. Yangi mashina uzunligi va eni bo‘yicha oxirgi avloddagi X1 bilan bir xil, biroq undan 14 mm pastroq bo‘ladi.

BMW X2’ning seriyali versiyasi nemis markasining oldi privodli UKL platformasida qurilgan ikkinchi krossoveri bo‘ladi. Bu shassi MINI, X1 va 2-Series Active Tourer modellarida ishlatiladi.

Mashina 2018 yilning 2-choragida savdoga chiqarilishi kutilmoqda. U 2 litrli, 191 ot kuchiga ega benzinli turbomotor hamda 150, 190 va 230 ot kuchiga ega 2 litrli dizel dvigatellar bilan taklif qilinadi. Uzatmalar qutisi ikki xil: mexanik va avtomatik bo‘ladi. 

Kompaniya rahbariyati X2’ni yaratishga 2015 yil mayida ruxsat bergan. O‘shanda yangi modelning intereri X1’niki bilan to‘liq birxillashtirilishi ma'lum qilingan. 

 

Mavzuga oid