Facebook kompaniyasi Prisma texnologiyasi bo‘yicha videolarni ishlaydi
Facebook direktori Kris Koks WSJDLive anjumanida kompaniya oddiy videodan real vaqtda san'at asarini yaratishga imkon beruvchi xizmatni rivojlantirishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi. Yangi mahsulot Prisma’ga o‘xshash neyrotarmoqlar texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi.
Koksning fikricha, bir necha yildan keyin internet-trafikning 70 foizi videoga to‘g‘ri keladi. Shu sababli Facebook ijod uchun uskuna yaratish ustida ishlamoqda.
Koksning aytishicha, yangi xizmat rossiyalik dasturchilar tomonidan yaratilgan Prisma’ni eslatib yuboradi. Biroq bu dasturdan farqli o‘laroq, yangi dasturga foto yoki videoni ishlash uchun vaqt talab qilinmaydi, barchasi real vaqt rejimida sodir bo‘ladi.
Anjumanda jurnalistlarga mahsulotning demo-versiyasi namoyish qilindi. Ayni vaqtda Facebook Live Videos deb nomlangan bu xizmat sinovining boshlang‘ich bosqichida turibdi, uning ishga tushirilishi aniq sanasi noma'lum.
Mavzuga oid
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024