Jahon | 07:38 / 31.10.2016
11040
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Yugoslaviyaning bombardimon qilinishini 1945 yildan keyingi birinchi tajovuzkor harakat bo‘lganini aytdi

Foto: Albin Lohr-Jones / ZUMAPRESS.com / Globallookpress.com

Yugoslaviyaning 1999 yilda NATO qo‘shinlari tomonidan bombardimon qilinishini Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin Yevropadagi mustaqil davlatga qarshi qaratilgan birinchi tajovuzkor harakat bo‘lgan, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri  Sergey Lavrov "Rossiya-1" telekanali efirida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Yugoslaviyaga qarshi tajovuz, aynan tajovuz bo‘lgan. Darvoqe, bu Yevropadagi mustaqil mamlakatga 1945 yildan keyingi birinchi qurolli hujum bo‘lgan", deb aytdi Lavrov.

Lavrov shuningdek G‘arb davlatlarini, birinchi navbatda AQSh va Buyuk Britaniyani Rossiyani Suriyadagi harakatlari uchun haqorat qilishda aybladi. "Eslatib qo‘yaman, Yugoslaviyaga qarshi tajovuz katta miqdordagi fuqarolik obektlariga, jumladan Serbiya televideniyesiga, ko‘priklar va boshqa ko‘plab obektlarga hujum bilan borgan", deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov va bombardimonlar oqibatida 3 mingdan ko‘proq odam, jumladan yuzlab bolalar halok bo‘lgani, 250 ming kishi qochqinga aylanganiga ishora qildi. 

1999 yilning 24 martidan 9 iyunigacha Yugoslaviya tarkibiga kirgan Serbiya va Chernogoriya NATO tomonidan bombardimonlarga uchragan. Bunday hujumlarga rasmiy sabab Kosovadagi etnik tozalashlar ekanligi aytilgan. 
 

Mavzuga oid