O‘zbekiston | 18:59 / 24.03.2017
9263
2 daqiqa o‘qiladi

Krasnoyarskdagi turizm yarmarkasida O‘zbekiston paviloni gavjum bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytda Rossiya davlatining Krasnoyarsk o‘lkasida safarda bo‘lib turibdi. Qo‘shni davlatga tashrifdan maqsad ikki mintaqa o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion sohalar, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm, sog‘liqni saqlash va ta'lim hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishdan iborat. 

24 mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Krasnoyarsk shahrida xalqaro turizm bo‘yicha tashkil etilgan yarmarkada ishtirok etishdi. 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Yenisey” turistik yo‘nalishidagi ko‘rgazma-yarmarkasida 30dan ortiq davlat   qatnashmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan pavilonda mamlakatdan olib borilgan 200 dan ortiq mahsulot ko‘rgazmaga qo‘yilgan bo‘lib, meva-sabzavot, milliy yo‘nalishda tayyorlangan suvenir va liboslar, tekstil, mato, poyabzal singari va boshqa mahsulotlarga mahalliy tadbirkorlar yuqori baho berishdi. Krasnoyarsk o‘lkasining bir qator ishbilarmonlari kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shartnomalar imzolash bo‘yicha takliflar bildirishdi.

Ko‘rgazma zalining o‘zida milliy taom – palov damlanib, tashrif buyurganlarga  tarqatildi.

Mavzuga oid