Qodirov va Galustyan NATOga video-javob yo‘lladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va rossiyalik komik aktyor Mixail Galustyan Rossiyada efirga uzatiluvchi KVN (Quvnoqlar va zukkolar) hajviy dasturini "siyosiy qurol" deb atagan NATOga videojavob tayyorlashdi.
"NATOda rossiyalik qiziqchilar o‘zlarining ichakuzdi hazillari va ajoyib parodiyalari bilan NATO’ga xavf solishi mumkinligi aytildi. Men rasman aytaman, bu ig‘vogarlik va men buni shunday qoldirmayman, men eng yuqori boshliqqacha boraman", deb aytgan Qodirov qiyofasidagi Galustyan.
Videoda keyingi kadrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni parodiya qiluvchi qiziqchi Dmitriy Grachev paydo bo‘ladi. "Hech qayerga borish shartmas. Men ham buni ahmoqona gap deb hisoblayman. Men eng yuqori boshliqqacha borishga shaxsan va'da beraman", deb aytadi Putin qiyofasidagi komik. Shunda vaziyatga Ramzan Qodirovning shaxsan o‘zi aralashadi.
"Janob qiziqchilar, tinchlaning, men o‘zim keldim va o‘zim eng yuqori boshliqqacha boraman", deb aytadi Qodirov va shundan keyin o‘rtada kulgi ko‘tariladi.
Ushbu video Qodirovning Instagram’dagi sahifasida paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, NATO mutaxassislari KVN dasturini "Kremlning siyosiy quroli" deb atashgandi. Ular KVN’ning tomoshabinlar fikrlarini shakllantirishdagi rolini o‘rganib, bu ko‘ngilochar dastur g‘arb qadriyatlarini obro‘sizlantirib, tashviqot va boshqarishning samarali unsuri sifatida qo‘llanishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
21:58 / 16.12.2024
Rossiya mudofaa vaziri armiyani NATO bilan urushga tayyorlashni buyurdi
19:58 / 13.12.2024