Sport | 11:31 / 18.07.2017
12136
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov qishgacha maydondan tashqarida

Foto: Lokomoti Moskva klubi matbuot xizmati

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi a'zosi, o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov o‘z holati haqida gapirib berdi.

«Hozir bu haqda gapirish og‘ir. Jarohatdan tiklanish uchun belgilangan mashqlarni bajarmoqdaman. Har kuni ta'sirni tekshirib turamiz.

Endigina oz-ozdan yugura boshladim. Umid qilamanki, ahvol yaxshilanib boradi. Albatta, qishki tanaffuslargacha safga qaytishga umid qilaman», – degan Denisov «Futbol Rossii» efirida.

Iyul oyi boshida O‘zbekiston terma jamoasining ushbu futbolchisi Germaniyada belidagi jarohatini operatsiya qildirgandi. U o‘tgan mavsum oxirida qattiq jarohat olgan, uning qachon safga qaytishi noma'lum bo‘lib qolayotgandi.

Mavzuga oid