Fan-texnika | 17:17 / 22.02.2018
16862
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla Model X 43 tonna keluvchi yuk mashinasini shatakka oldi

Skrinshot: YouTube

Tesla Model X elektr krossoveri 43 tonna keluvchi tirkamali yuk mashinasini shatakka olib harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu holat tasvirlangan rolik YouTube’dagi Bjørn Nyland foydalanuvchisi kanalida e'lon qilindi.

Sinov uchun 670 kuchli dvigatelga ega P90D modifikatsiyasidagi elektr krossoverdan foydalanishdi. Shatakka olish qorli ob-havo sharoitida kechdi. Furaning uzatmalar qutisi «neytralda» bo‘lgan.

AQShda yil boshida shunga o‘xshash hodisa yuz berdi. O‘shanda Tesla Model X muzlab qolgan yo‘lda harakatdan to‘xtab qolgan Volvo avtomobilini shatakka olgandi.

Mavzuga oid