O‘zbekiston | 16:28 / 08.04.2018
78878
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda fojiali YTH. 8 kishi halok bo‘ldi
Samarqand viloyati Payariq tumanida 2018 yil 7 aprel kuni kechqurun mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. 22 yashar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» avtomashinasi 23 yashar haydovchi boshqarayotgan «Neksiya» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Samarqand viloyat IIB YHXB vakillarining «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, avtohalokat natijasida jami 8 kishi, jumladan, har ikkala mashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan, avtomobillarda bo‘lgan yana uch nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Samarqand viloyat IIB ushbu avtohalokat yuzasidan hozircha rasmiy xabar tarqatgani yo‘q.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024