Jahon | 16:17 / 06.05.2018
9359
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti matbuot kotibi O‘zbekiston bilan munosabatlar tashqi siyosatning muhim yo‘nalishidan biriligini aytdi

Foto: Habertürk

Turkiya Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin «g‘arb bilan yaqin aloqalar mamlakat tashqi siyosatini sharqiy ufqlarda kengayishiga xalaqit» qilmasligini bildirdi. Bu haqda u Daily Sabah nashriga shunday deydi. 

Kalinning ta'kidlashicha, Turkiya so‘nggi 16 yil ichida birinchi marta g‘arb bilan tashqi siyosiy aloqalardagi iliqligini yo‘qotmay, boshqa mintaqadagi hamkorlar bilan ham munosabatlarni mustahkamlash haqida o‘ylamoqda.  

«Bizning NATO doirasidagi munosabatlarimiz dunyoning istalgan boshqa burchagida joylashgan davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashimizga ta'sir qilmaydi. Aynan mana shu mantiq Turkiyaning Afrika,  Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Lotin Amerikasida faollashib qolganini to‘g‘ri izohlashga imkoniyat beradi», deydi matbuot kotibi.

Turkiyalik mulozimning aytishicha, prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga tashrifi mamlakat tashqi siyosatida Osiyo katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. 

«Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasida samarali iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirilmoqda. Erdo‘g‘anning tashrifi doirasida ham turli sohalarga oid 25ta kelishuv hujjatlari imzolandi», deydi Kalin. 

Rajab Erdo‘g‘annning Janubiy Koreyaga tashrifi esa 2007 yildan buyon ilk marta, ikki Koreya rahbarlarining uchrashuvidan 3 kun o‘tib amalga oshirildi.

Mavzuga oid