Sport | 15:32 / 23.08.2018
25520
2 daqiqa o‘qiladi

Olga Zabelinskaya nega Osiyo o‘yinlariga qo‘yilmagani ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

Osiyo Olimpiya kengashi o‘z fuqaroligini o‘zgartirgan Olga Zabelinskayaga nima uchun Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashishga ruxsat bermagani aytildi, deb xabar qilmoqda TASS.

Bu haqda velosport bo‘yicha Vetnam ayollar terma jamoasi murabbiyi Nikolay Kurkov ma'lum qildi.

«Vetnam, Tailand va Malayziya vakillari guruh bahslari arafasida tashkilotchilarga UCI hujjatlarini taqdim etdilar, unga ko‘ra, bir milliy jamoadan ikkinchisiga o‘tish uzoqroq muddat davom etishi kerak - bir yarim yildan ikki yilgacha. Shuningdek, ushbu sportchi iyun oyida Rossiya chempionatida ham ishtirok etgan. 

Bunga javoban o‘tish jarayoni ikki federatsiya - O‘zbekiston va Rossiya tomonidan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshganiga oid tushuntirishlar berildi. Biroq, bu boshqalarni qoniqtirmadi», - deya aniqlik kiritdi mutaxassis.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Osiyo Olimpiya kengashida Zabelinskaya o‘tishining barcha tafsilotlarini to‘liq bilishmagan.

Mavzuga oid