Jasurbek Latipov: «Janglar o‘ylaganimdan ham qiyinroq kechdi»
2018 yilgi Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida -52 vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Jasurbek Latipov taqdirlash marosimidan so‘ng Kun.uz muxbiriga qisqacha intervyu berdi.
«Osiyo o‘yinlarining boks bahslari men o‘ylaganimdan ham kuchliroq kechdi. Men Osiyo o‘yinlariga birinchi raqamli bokschi bo‘lib kelganman, sababi o‘tgan yili Osiyo chempioniga aylandim, Jahon chempionatida esa kumush medalni qo‘lga kiritdim. Bunday raqiblar to‘g‘ri keladi, deb o‘ylamagandim. Birinchi kuniyoq Olimpiada sovrindori, ikkinchi kuni mezbon bokschi, yarim finalda asosiy raqibim bo‘lib kelgan qirg‘izistonlik sportchi, finalda filippinlik kuchli raqib bilan bahs olib bordim.
Bu tayyorgarligimiz, qilgan mehnatlarimiz samarasi bo‘ldi. Birinchi jangning oxirgi raundlarida jarohat olgandim. Biroq, ringga chiqqan paytda bu jarohat ko‘rinmaydi, sababi ringda faqat ona vatan, oilangiz ko‘rinadi. Chunki bu bizning nonimiz. Vatanimiz oldida bu jarohat hech narsa emas. Ilk final jangida Hasanboy Do‘smatovning mag‘lub bo‘lgani sabab ham qo‘shimcha kuch bilan ringga chiqdim. G‘alabamni butun O‘zbekistonga bag‘ishlayman», - deydi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Jasurbek Latipov.
Mavzuga oid
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
20:29 / 07.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Yana ikki oltin va yangilangan rekord
18:46 / 06.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Xafa qilingan Anvar, yig‘lagan Akbar va yagona oltin
19:52 / 05.10.2023