Gaymorit qanday kasallik va unga chalinmaslik uchun nimalarga e'tibor berish kerak?
Kunlar sovib ketishi natijasida mavsumiy kasalliklar xavfi oshib bormoqda. Ko‘pincha sochimizni yaxshi quritmasdan ko‘chaga, ishga va o‘qishga shoshamiz. Bu esa yuqori nafas yo‘llarini shamollashiga olib keladi. Gaymorit ana shunday kasallik hisoblanadi.
«KUN.UZ» «Sog‘lom hayot» loyihasi orqali shifokor Dilbar Hamidjonova bilan bu xastalik haqida to‘liq ma'lumot berib o‘tadi.
Gaymorit — paranazal (burun yon, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i) sinus shilliq qavatining juda keng tarqalgan yallig‘lanishi hisoblanadi. Kasallik kechish og‘irligiga qarab, o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin.
Video: TasIX
Video: YouTube
Kasallikning kelib chiqish sabablari
Gaymorit kasalligining asosiy sababi yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi bo‘ladi, shu sababli kuz-qish mavsumida bu kasallik rivojlanishi avj oladi. Bundan tashqari, ba'zi bir kasalliklarni davolamaslik gaymoritni keltirib chiqarishi mumkin, ular:
- Yuqori jag‘ tishlari kariyesi;
- Rinit (burun yo‘llari shilliq qavati shamollashi) bilan kechuvchi allergik reaksiyalar;
- Burun devorining deformatsiyasi (qiyshayishi) va natijada sinusda havo aylanishi buzilishi;
- Surunkali infeksiyalar — faringit (halqum shamollashi), tonzillit va h.k.
O‘tkir gaymorit gripp belgilari fonida rivojlanadi. Alomatlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
- Isitma;
- Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
- Yuqori jag‘ va burun sohasidagi og‘riq;
- Kuchli tumov;
- Bosh og‘rig‘i, ko‘z sohasidagi og‘riqlar.
Surunkali gaymorit va uning belgilari:
- Surunkasiga kechayotgan rinit (burun yo‘llari shilliq qavati shamollashi);
- Ko‘z sohasidagi og‘riqlar;
- Kon'yuktivit- ko‘z shamollashi;
- Ko‘pincha bosh og‘rig‘i.
Gaymorit asoratlari
Agar gaymoritni davolashda kechikishlar bo‘lsa, bu kasallik meningit va ensefalit kabi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ko‘z va quloq yallig‘lanishi kasalliklarini keltirib chiqaradi ham. O‘tkir sinusitni rentgenografiya yordamida tashxis qilish juda oson. Surunkali shaklini aniqlashda shifokor malakasi, kompyuter tomografiyasi yordam beradi. Aniq tashxis qo‘yilsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish imkoniyati tug‘iladi.
Gaymorit kasalligini davolash
Ayni paytda gaymoritni davolashning ko‘p usullari mavjud, lekin qay darajada samarali ekanligi so‘roq ostida.
Davolash usullari
- Antibiotiklar;
- Shilliq ajralishini sekinlashtiruvchilar;
- Burun bo‘shliqlarini yuvish;
- Burun bo‘shliqlarini teshish;
- Gaymorotomiya (bo‘shliqlarni tozalash uchun o‘tkaziladi);
Jarrohlik amaliyoti
Gaymorotomiya — og‘ir hollarda gaymor bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish va yiringli massadan, poliplardan, zamburug‘ va boshqa infeksiyalardan tozalash uchun qo‘llaniladi. Bu amaliyot o‘ta samarali, murakkab emas va ortiqcha asoratlar qoldirmaydi.
Gaymoritning oldini olish
Har qanday kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olish ming bor afzal. Kasallikning oldini olish uchun o‘z vaqtida stomatolog ko‘rigidan o‘tib turing, sovuq havoda ko‘p yurmang, sovuqda bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqmang, shamollash va grippni o‘z vaqtida davolang. Sport bilan hech bo‘lmaganda kuniga 10-20 daqiqa shug‘ullaning.
Mavzuga oid
01:46 / 07.12.2024
JSST noma’lum kasallik sabablarini aniqlash uchun Kongoga o‘z mutaxassislarini yuboradi
21:20 / 06.12.2024
“20 millionlik kasal novvosni qassob 500 mingga sotib oldi”: Rishtonda qoramollar kasallikdan nobud bo‘lyapti
19:45 / 03.12.2024
Kongoda noma’lum kasallik tufayli 140 dan ortiq inson vafot etdi - Reuters
16:29 / 16.09.2024