Ukraina Yevropa kengashidagi elchisini chaqirtirib oldi
Yevropa kengashi parlament assambleyasida Moskvaning huquqlari tiklangani bois Kiyev o‘zining Yevropa kengashidagi elchisini chaqirtirib oldi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
«Kengash bizning ishonchimizni yo‘qotdi va bu ishonchni tiklash juda qiyin bo‘ladi. U inson huquqlari uchun kurash yetakchisidan oddiy menejyerga aylandi», — deb ta'kidladi u.
Shu bilan birga Klimkin Ukrainaning assambleyada ishtirok emasligi vaqtinchalik ekanligini, Kiyev Yevropa kengashini «Rossiya va uning do‘stlari g‘ajib tashlashlari uchun berib qo‘ymasligini» bildirdi.
25 iyun kuni Yevropa kengashi parlament assambleyasi Rossiyani assambleyaning iyun sessiyasiga taklif qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Ukraina delegatsiyasi norozilik belgisi sifatida assambleyadagi ishtirokini to‘xtatdi.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024