O‘zbekiston | 18:13 / 16.03.2020
71927
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati IIB boshlig‘i Shuhratjon Sobirov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosariga aylandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati general-mayor Shuhratjon O‘rinbayevich Sobirov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida ma'lum qildi.

Shuhratjon Sobirov

Tayinlovga qadar Shuhratjon Sobirov Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

U yangi lavozimda avvalroq Toshkent IIBB rahbarligiga o‘tkazilgan Aziz Toshpo‘latov o‘rnini egalladi.

O‘z navbatida polkovnik Azat Damirovich Tasbayev Shuhratjon Sobirov o‘rniga Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Azat Tasbayev

Azat Tasbayev 2018 yil mayidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Mavzuga oid