Jamiyat | 18:49 / 30.07.2020
21990
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston bilan chegara hududdan xongul topildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegara hududida joylashgan Termiz tumani «Ayritom» mahallasidagi aholi xonadonlaridan biriga kirib qolgan Buxoro bug‘usi (xongul) Surxondaryo viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqida hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Ma'lum qilinishicha, hozirda bug‘u hayvonot bog‘i mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, maxsus oziqalar berilib parvarishlanmoqda.

Buxoro bug‘usi O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati, Payg‘ambar oroli va Amudaryo to‘qayzorlarida umumiy hisobda 60-70 boshni tashkil etishi taxmin qilinadi.

Yo‘q bo‘lib ketayotgan bu tur muhofazaga olingan va jonivorlarni ovlash taqiqlangan. Ularning umumiy yashash davri 25-30 yilni tashkil etadi.

Mavzuga oid