O‘zbekiston | 07:24 / 08.04.2021
7206
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi

Hukumatning tegishli qarori bilan Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. 

Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, metodlari, texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 yilidan boshlanadi. O‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarini birlashtirgan holda bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 dekabrga qadar Maktabgacha ta'lim innovatsion klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Universitet «Maktabgacha ta'lim» bakalavriat ta'lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayoni va amaliyoti ushbu klasterda tashkil etiladi.

Mavzuga oid