Sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilarining maoshi oshiriladi
Maktab, kollej va litseylarning chet tili o‘qituvchilariga zamonaviy darslik va qo‘llanmalar sotib olish uchun 1 mln so‘mdan pul beriladi.
O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan,2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Ta'lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.
Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat OTMlari o‘qituvchilarining xarajatlari esa OTMlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etiladi.
Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinadi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etiladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Bunda, tavsiya etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati hamda ularni sotib olganlik to‘g‘risida hisobot shaklini Xalq ta'limi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi belgiladi.
Xorijiy tillar o‘qituvchilarining sertifikatni olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash va ustama to‘lash, shuningdek, ushbu o‘qituvchilar tomonidan adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olish uchun 2021 yilda qo‘shimcha 100 mlrd so‘mgacha ajratiladi. 2022 yildan boshlab tegishli mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston AQSh bilan xavfsizlik hamkorlik aloqalarini kengaytiradi
O‘zbekiston | 12:45
-
Toshkent viloyatida 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Jamiyat | 12:23
-
Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun “Chinor” dasturi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 12:00
-
Baxtiyor Saidov BAA tashqi ishlar va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 11:45
Mavzuga oid
16:39 / 28.12.2024
Putin rus tilini bilmaydigan migrant bolalarini maktabga qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:56 / 13.12.2024