O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialiga rahbar tayinlandi
Bugun Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov boshchiligida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, Rudakiy Allanbayev O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialiga direktor etib tayinlandi.
U bungacha O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun, Nukus filialiga yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlari Konservatoriya binosida tashkil etilib, 2022-2023 o‘quv yili mashg‘ulotlari Nukus filialining o‘z binosida olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 apreldagi 186-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etilgandi.
O‘shanda filialning 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024