Moskva oblastida yuz bergan mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan - Migratsiya agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskva oblastida mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mushtlashuv haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Moskva oblastidagi kafelardan birining yaqinida mehnat migrantlari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani va o‘q ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati bilan bilan bog‘lanib, vaziyatni o‘rgandi, deyiladi agentlik xabarida.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu mushtlashuv 18 iyuldan 19 iyulga o‘tar kechasi Moskva oblastida Aprelevka shahrida joylashgan "Xorosheye mesto" kafesi yaqinida Rossiya Federatsiyasining 10-15 nafar fuqarolari ishtirokida yuz bergan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotida aytilishicha, mazkur mojaroda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.
Avvalroq, TASS huquqni muhofaza qilish organidagi manbasiga tayanib Moskva oblastidagi turar joy majmualaridan birining hovlisida migrantlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan. Guvohlar o‘q ovozini ham eshitishgan.
Mushtlashuvda yigirmaga yaqin migrant qatnashgani, ularning Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ekani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hech bir sababsiz xasta bo‘layotganlar bor”: ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi hayot haqida
Jamiyat | 18:04
-
Milliy armiyamiz yoshlar uchun mardlik va shon-sharaf maktabiga aylanmoqda - Mirziyoyev
O‘zbekiston | 17:58
-
BAA kompaniyasi bilan chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi
O‘zbekiston | 17:49
-
YeI davlatlari Shveytsariyaning «harbiy Shengen»ga qo‘shilishini ma’qulladi
Jahon | 17:44
Mavzuga oid
15:47 / 10.11.2024
Moskva oblastiga dronlar hujum qildi
15:28 / 29.09.2024
Bir jinoyat tarixi: qizi uchun o‘ch olgan militsiya zobiti
19:42 / 12.07.2024
Moskva ostonasida Sukhoi Superjet samolyoti halokatga uchradi
07:32 / 18.06.2024