Samarqand viloyati aholisi 4 milliondan oshdi
Samarqand viloyati aholisi 4 milliondan oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekiston hududlari orasida ilk bor Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 4 milliondan oshgan.
Shundan:
- Ayollar – 1 991,7 ming kishi;
- Erkaklar – 2 017,1 ming kishini tashkil etgan.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga 77 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan. Hududlar orasida eng zich aholi Toshkent shahrida yashaydi – 1 kilometr kvadrat yer maydonida 7 554,4 kishi. Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati qayd etilgan – 1 kilometr kvadrat yer maydonida 741,4 kishi.
Eslatib o‘tamiz, Statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024