Norin tumaniga yangi hokim tayinlandi
Kosonsoy tumani hokimligiga o‘tkazilgan Dilmurod Qodirov o‘rniga Jo‘rabek Nurmatov Norin tumani hokimi sifatida ish boshladi.
Bugun, 22 dekabr kuni xalq deputatlari Norin tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, tumanning sobiq hokimi Dilmurod Qodirov Kosonsoy tumani hokimi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tuman hokimligiga yangi rahbar nomzodini tanishtirdi.
Norin tumanida ishsizlikka barham berish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni tatbiq etish, ijtimoiy sohaga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Jo‘rabek Hamidovich Nurmatov nomzodi Norin tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Nurmatov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasini tuman Kengashida taqdimot qildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Jo‘rabek Nurmatov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Jo‘rabek Nurmatov 1979 yil 30 iyul kuni Norin tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yil Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi hisobchi-auditor.
U 2020 yildan buyon Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Dilmurod Qodirov 2017 yil mayidan buyon Noringa rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024