O‘zbekiston | 14:38 / 17.03.2022
18451
2 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati

Ahror Ahmadaliyevich Mansurov To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani kengashi sessiyasida ma’lum qilindi.

Ahror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamchisiligidan boshlagan. 2014—2016 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda, 2016-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi yetakchi inspektori vazifalarida faoliyat yuritgan.

  • U 2021 yil dekabrida viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
  • Eslatib o‘tamiz, tumanga 2020 yil martidan rahbarlik qilib kelgan Zulayho Mahkamova 2022 yil martida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.

Mavzuga oid