Dilshod Eshnayev ishdan ketdi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Hukumatning tegishli qarori bilan Dilshod Omonqulovich Mamatqulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi.
Dilshod Mamatqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari edi.
Ma’lumot uchun, muqaddam Davlat xavfsizlik xizmatida ishlagan Dilshod Eshnayev 2019 yil sentabrida Nuriymon Abulhasan o‘rniga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024