O‘zbekiston | 08:45 / 22.11.2022
4004
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xurmoni asosan Rossiyaga sotayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 10 oyda 45,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 27,3 mln AQSh dollariga teng 45,6 ming tonna xurmo eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xurmo eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 26,2 ming tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 15,3 ming tonna hamda 2 ming tonna xurmo eksport qilingan Qozog‘iston va Qirg‘iziston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

  • Turkmaniston – 1,3 ming tonna;
  • Belarus R. – 776 tonna;
  • Polsha – 43 tonna.

Mavzuga oid