Yog‘li ovqatlar jigarning yog‘lanishiga va miyaning kislorod yetishmasligiga olib keladi
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar jigar va miya kasalliklari orasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi.
London qirollik kolleji va Lozanna universiteti olimlari jigarning alkogolsiz yog‘lanishi kasalligi (JAYoK) va miya disfunksiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. Tadqiqot The Journal of Hepatology jurnalida chop etildi.
Olimlar sichqonlarda tajriba o‘tkazishdi. Jumladan, sichqonlarning yarmi umumiy kaloriyasi 10 foizdan ortiq bo‘lmagan yog‘li ovqat bilan, qolgan yarmi esa 55 foizli yog‘li ovqat bilan oziqlantirildi. 16 haftadan so‘ng tadqiqotchilar bir qator kognitiv testlarni o‘tkazib, hayvonlarning jigar funksiyasini baholadilar.
Natijada, ko‘proq yog‘ iste’mol qiladigan barcha sichqonlarda semirish belgilari paydo bo‘lgani, JAYoK, insulinga rezistentlik va miya disfunksiyasi rivojlangani aniqlandi.
Olimlar jigarda yog‘larning to‘planishi miyani kislorod bilan ta’minlashning pasayishiga va miya to‘qimalarining yallig‘lanishiga sabab bo‘lganini aniqladi. Bu ikkala omil ham ilgari miya kasalliklarining rivojlanish xavfi bilan bog‘liq edi. JAYoK aniqlangan sichqonlarda asabiylik, depressiya belgilari kuzatildi.
Bu tadqiqotlar birinchi marta JAYoK va miya holati yomonlashishi orasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatib berdi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
DXX raisi Bahodir Qurbonov general-polkovnik unvonini oldi
O‘zbekiston | 17:03
-
Yaponiya va Xitoy vizasini olish uchun murojaat qilayotgan rossiyaliklar soni bir necha baravarga oshdi
Jahon | 16:57
-
Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralari o‘zgartiriladi
O‘zbekiston | 16:54
-
“Yashil” taraqqiyot O‘zbekistonda umummilliy harakat darajasiga ko‘tarildi – Mirziyoyev
O‘zbekiston | 16:52
Mavzuga oid
18:16 / 11.12.2024
Olimlar umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomini aytdi
18:46 / 08.11.2024
Nonushta qilmaslik diabet va semizlikka olib kelishi mumkin - diyetolog
20:49 / 01.03.2024
Dunyoda semizlikdan aziyat chekayotganlar soni 1 milliarddan oshdi
19:14 / 21.02.2024