Stoltenberg XVJ rahbari lavozimini egallashi mumkin
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari lavozimini egallashi mumkin.
Norvegiyaning TV2 telekanali xabariga ko‘ra, Stoltenbergning yangi lavozimga tayinlanishi uning NATO rahbari sifatidagi vakolatlari tugaganidan keyin amalga oshadi.
Mart oyida NATO mamlakatlari yetakchilari Yyens Stoltenbergning alyans bosh kotibi mandatini uzaytirishga, lavozimida 2023 yil 30 sentabrgacha qolishiga qaror qilishgandi.
Yyens Stoltenberg - Norvegiyaning sobiq bosh vaziri. U 2014 yil oktyabr oyidan beri NATO Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. 24 mart kuni Bryusseldagi NATO sammitida Stoltenberg NATO Bosh kotibi lavozimida yana bir yil qolishga rozi bo‘ldi.
2019 yil 1 oktyabrdan boshlab Kristalina Georgiyeva XVJ boshqaruvchi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning muddati 2024 yilda tugaydi.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
21:58 / 16.12.2024
Rossiya mudofaa vaziri armiyani NATO bilan urushga tayyorlashni buyurdi
19:58 / 13.12.2024