O‘zbekiston | 14:01 / 31.01.2023
24930
2 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Erkin Muhiddinov / Foto: Kun.uz

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Prezident qarori bilan:

  • Erkin Muhiddinov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Jamshid Abruyev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Ra’no Turdiboyeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi);
  • Mirzohid Ubaydullayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  • Ozoda Parpiboyeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari:

  • Bahodir Umrzoqov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Sodiq Turdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Abdulla Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Muxtor Muhiddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Nodira Egamberdiyeva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq uchta vazirlik – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida tashkil etilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligi SSVdan ketgan Behzod Musayev boshqaruviga o‘tgandi. 

Mavzuga oid