O‘zbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi
Yordam hajmi 50 tonnaga yaqin.
Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar bermoqda.
50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
Insonparvarlik yuki yordami ko‘rinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali O‘zbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining mas’ul xodimlari yetkazib berishadi.
- Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan 7,8 va 7,4 balli zilzilalar qo‘shni Suriya shimoli-g‘arbidagi hududlarga ham katta talafot yetkazdi. Bu hududda 6 mingga yaqin kishi o‘limi tasdiqlangan, ammo bu yakuniy raqamlar emas.
- 20 fevral kuni kechqurun Turkiya janubida 6,4 va 5,8 balli navbatdagi yer silkinishlari ro‘y berdi va yana Suriya shimolidagi hududlar bundan zarar ko‘rdi.
Mavzuga oid
17:10
Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza berdi - Haberturk
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
13:56 / 22.12.2024