O‘zbekiston | 18:49 / 27.02.2023
18364
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi liniyasini qurmoqchi

Qurilish ishlari mart oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Foto: Kazinform

Qozog‘istonda «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi liniyasi quriladi. Loyiha 2023 yilda boshlanadi. Bu Aqto‘be viloyati qishloqlarini gaz bilan ta’minlash muammosini hal qiladi. Bu haqda Kazinform viloyat hokimi Erali To‘g‘janov so‘zlarini keltirdi.

«Viloyatimiz uchun gaz ta’minoti muammosi ayni paytda dolzarb hisoblanadi. Bitta yechim bor: «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi liniyasini qurish. Bu juda katta loyiha bo‘lib, uzunligi 162 km bo‘ladi, umumiy qiymati taxminan 43 mlrd tengeni tashkil etadi. Bu yil qurilishni boshlaymiz», dedi Erali To‘g‘janov.

«Buxoro-Ural» gaz quvuri 1966 yilda ishga tushirilgan va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya hududida joylashgan. Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi tomonidan nazorat qilinadi. Gaz quvurining uzunligi 4500 km. Unda 17 ta kompressor va 22 ta gaz taqsimlash stansiyasi bor. Quvurning o‘tkazish qobiliyati yiliga 8 mlrd kub.m.ga teng.

Mavzuga oid