ITB Qoraqalpog‘istonda qishloq hududlarini rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratdi
Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi monitoring missiyasi doirasida ITB delegatsiyasi rahbari Vaxyu Vijayantoning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Loyihani amalga oshirish guruhi va BMT Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Qoraqalpog‘istonning maqsadli hududlarida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasining borishi va loyiha tashabbuslarini amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qildilar.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholining faol ishtiroki orqali qishloq hududlarini rivojlantirishdan iborat. Loyihani amalga oshirish uchun ITB jami 200 million dollar ajratdi.
Bugungi kunga qadar loyiha 113 ta qishloqni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqdi. Ulardan 31 tasi Qoraqalpog‘istonning 5 ta tumanidagi 160 ta ijtimoiy infratuzilma obektlarini yaxshilashga qaratilgan.
Mavzuga oid
08:20 / 21.12.2024
Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
11:31 / 27.11.2024
Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usini o‘ldirgan shaxs 3,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi
17:03 / 16.11.2024